Asalarichilik — qishloq xoʻjaligining tarmoqlaridan biri, asalarilarni asal, mum va boshqa mahsulotlar (asalari suti, asalari yelimi, asalari zahari va boshqalar) olish, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun ularni changlatish maqsadlarida boqish. Ispaniyadagi Aran gʻoridan topilgan arxeologik maʼlumotlarga kura asalarichilik miloddan avvalgi 10 — 5-ming yilliklarda ham mavjud boʻlgan degan tax-minlar bor. „Tavrot“, „Bibliya“ kabi diniy kitoblarda ham asalarichilik toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi. asalarichilik tarixida bir necha bosqichlar boʻlgan. Dastlab odamlar asalni oʻrmon va togʻlarda daraxtlarning kovaklari, toshlar yoriqlari, gʻorlarga uya qoʻygan asalarilardan olganlar. Bun-day asalarichilik terimchilik va ovchilikning bir turi hisoblangan. 1814-yilda rus asalarichisi P. I. Prokopovich romli asalari qutisini, 1865-yilda chex asalarichisi F. Grushka asalajratgichni kashf etishi bilan koʻpgina mamlakatlarda asalarichilik serdaromad tarmoqqa aylandi. 20-asrning 20-yillaridan maxsus asalarichilik xoʻjaliklari paydo boʻldi. asalarichilik Yer yuzasining barcha qitʼalarida tarqalgan.
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Kunduzgi | 12,627,170 so'm / yillik |
Sirtqi | 12,627,170 so'm / yillik |