Temir yoʻl transporti - yuk va yoʻlovchilarni lokomotiv va motorvagonlar vositasida temir yoʻl boʻylab tashiydigan transport turi. Uning paydo boʻlishi yirik sanoat taraqqiyoti, ayniqsa, togʻkon va metallurgiya sanoati taraqqiyoti bilan bogʻliq. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida kapitalizmning rivojlanishi yuk aylanmasi tuzilmasini tubdan oʻzgartirdi, temir rudasi, koʻmir, qurilish materiallari va shu kabini ommaviy tashishga ehtiyoj oʻsdi.
Jahonning barcha rivojlangan davlatlarida Transport yoʻlit. yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Bu transport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri yuqori tezlikda harakatlanuvchi yer usti transport turini joriy qilish hisoblanadi. Bu tizimda harakatlanish tezligi 200 km/soatdan yuqori boʻlib, bunday temir yoʻllar 2avlod temir yoʻl toifasiga kiritiladi. Gʻarbiy Yevropa va Yaponiyaning baʼzi temir yoʻl uchastkalarida poyezdlar tezligi 350–500 km/soatga yetkazilgan. Rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 90y.larida temir yoʻl uzunligi (ming km): AQShda—205, Bukj Britaniyada — 16,6, Kanadada — 93,5, Fransiyada — 34,6, Yaponiyada —23,9, Italiyada — 25,8. Ochilboy Romashov.
Imtihon bloki: Matematika, fizika
Talim tili: o'zbek, rus tili
Kunduzgi ta'lim: 12 627 170 so'm
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Kunduzgi | 12,627,170 so'm / yillik |
Sirtqi | 12,627,170 so'm / yillik |