Ortga
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

Yo'l harakatini boshqarish

Daraja
Bakalavr
Qabul muddati
01 June 2025 – 30 September 2025
Ta'lim tili
O'zbek tili, Rus tili

Yo'nalish haqida

Yoʻl harakatini boshqarish – bu statsionar va harakatlanuvchi transport vositalari, shu jumladan, piyodalar, velosipedchilar va barcha turdagi transport vositalarining harakatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishdan iborat. Uning maqsadi odamlar va yuklarning xavfsiz, tartibli va samarali harakatlanishini ta’minlash, ularni imkon qadar himoya qilish, yoʻllarni va tevarak atrofidagi mahalliy atrof-muhit sifatini yaxshilashdir.


Yoʻl harakatini boshqarish sxemalarining aniq maqsadlari quyidagilardan iborat:

transport oqimi sharoitini yaxshilash, tirbandlikni kamaytirish (koʻpincha transport oqimi samaradorligini oshirish maqsadlari ustuvor boʻlgan yoʻllar ya’ni arterial yoʻllar va avtomagistrallar uchun muhimdir);

yo‘nalish yoki hudud xavfsizligini oshirish (halokat tahlili yoki jamiyatning muayyan mulohazalari asosida);

bolalar, piyodalar va velosipedchilarning harakatlanish xavfsizligini, mobilligini va yoʻllardan foydalanish imkoniyatini oshirish;

aholi turar joylarini obodonlashtirish;

tijorat, chakana savdo va koʻngilochar tadbirlar oʻtkaziladigan joylarga kirish imkoniyatini yaxshilash;

avtomobilda yuk tashish unumdorligi va harakat xavfsizligini oshirish (ayniqsa, umumiy maqsadi iqtisodiy masalalarni hal qilishga qaratilgan transport vazifasi uchun muhimdir);

jamoat transporti va yoʻllardan foydalanish sharoitlarini yaxshilash (odamlarning jamoat transportida harakatlanishi, shaxsiy avtomobilda harakatlangandan ko‘ra samarali ekanini aks ettirish);

Avtoturargoh muammolarini hal qilish maqsadida real vaqtda harakatlanuvchilar haqidagi ma’lumotlar kabi axborotlarni, yoʻl foydalanuvchilari uchun yetkazish.

Talablar

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
O'zbek tili, Rus tili
Kontrakt narxlari:
Sirtqi 13,900,000 so'm / yillik
Kechki 17,900,000 so'm / yillik
Kunduzgi 19,900,000 so'm / yillik