Ushbu yo’nalish bo’yicha magistiratura dasturi madaniyatlar va tillararo muloqot, tarjima, ingliz tilini o'qitish sohasida mutaxassislarni keng miqyosda tayyorlashga qaratilgan. Bitiruvchilar puxta umumiy filologik va lingvistik tayyorgarlikdan o'tadilar, bu nafaqat kelajakda tanlagan yo'nalishi bo'yicha o'qishni davom ettirishlarigaga, balki o'ziga xos kasbiy muammolarni muvaffaqiyatli hal qilishlariga ham keng imkon yaratadi.
- Dastur davomida talabalar ingliz tili fanini oʼqitishning ilmiy va amaliy nazariyalari va shu sohada amalga oshirilgan zamonaviy tadqiqotlarni oʼrganadilar. Shu bilan birga, tilni samarali oʼzlashtirishga yordam beradigan, til oʼrganuvchilarning savodhonligini oshiradigan usullar bilan tanishadilar va amalda tadbiq etadilar;
- Talabalar ingliz tili oʼrganuvchilariga samarali oʼquv muhitini yaratishda ingliz madaniyati nazariyasi va printsiplari muhim ahamiyatga ega ekanligi oʼrganadilar. Va kerakli amaliy koʼnikmalarini shakllantiradilar. Til oʼrganish jarayonida madaniyat va madaniy qatlamlarning mohiyati va roli bilan bogʼliq boʼlgan tushunchalar, madaniy oʼziga xosliklar til oʼrganishga muhim taʼsir koʼrsatuvchi omil ekanligini oʼrganadilar;
- Talabalar dalillarga asoslangan amaliyotlarni oʼrgangan holda, oʼquv rejasi tuzish va undan dars jarayonida foydalanish xamda ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʼqitish standartlariga moslashtirish usullarini oʼrganadilar. Talabalar dastur modellari, til koʼnikmalarini rivojlantirish va dars jarayonida integratsiyalash strategiyalarini tadbiq etish haqida maʼlumotga ega boʼladilar. Zamonaviy texnologiyalarni til oʼrgatish jarayonida samarali qoʼllash, til oʼrganuvchilarga mos keladigan oʼquv resurslari va materiallarni toʼgʼri tanlay olish va tuzish malakalarini shakllantiradilar.
Qabul kvota :
Kunduzgi ta'lim shakli uchun : 25 ta
Kirish imtihonlari :
Tanlangan til bo‘yicha suhbat
Ta'lim tili: O'zbek, rus va ingliz tili.
O'qish davomiyligi :
Kunduzgi ta'lim shakli uchun : 2 yil