Loyihalash — moʻljallangan obyektlar (apparat va asboblar, bino va inshootlar, yoʻl va koʻpriklar, mashina va jihozlar, samolyot va kosmik kemalar, radiopriyomnik va televizorlar, telefon va kompyuterlar, kiyim-bosh va poyabzallar, mebellar hamda boshqa turli-tuman mahsulotlarning yangi xillari va namunalari)ni qurish va yaratish uchun ularning loyihalarini tuzish va chizish jarayoni. Fan va texnikaning barcha sohalarida qoʻllaniladi. U ilmiy tadqiqot ishlari, iqtisodiy va texnikaviy hisob-kitob, smeta tuzish, chizmachilik va chizmalarni koʻpaytirish amallarini oʻz ichiga oladi, chizmalar asosida koʻpincha obyekt (bino, mashina va boshqalar)ning maketi tayyorlanadi. Biror bir obyektni individual (yakka tartibda) va tipaviy (ommaviy tartibda) L. mumkin. L.ni maxsus tashkilotlar, firmalar yoki guruhlar amalga oshiradi. Bular sohalar boʻyicha yoki ixtisoslashtirilgan tarzda ish yuritadi. Biror obyektni L.da standartlashtirilgan detallar, agregatlar, uzellar va meʼyoriy hujjatlardan keng foydalaniladi.
Imtihon bloki: Kasbiy (ijodiy) imtihon
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Kunduzgi | 10,488,590 so'm / yillik |