Transportda tashishni tashkil etish va boshqarish (avtotransport)
Transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish texnigini, mohiyatiga ko‘ra, logistika bo‘yicha mutaxassis deyish mumkin.
Logistika – transport va boshqa resurslar harakatini rejalashtirish va nazorat qilish faoliyati. Oddiy qilib aytadigan bo‘lsak, logistik xizmat – “eshikdan eshikkacha” eltib berishni tashkil qilish.
Transportlarda tashishni tashkil etuvchi mutaxassisning asosiy vazifasi – tovar (yuk) yoki transport vositalarining yo‘lda yoki saqlash joylarida turib qolish vaqtini hamda tashish xarajatlarini eng kam qiymatga tushirish.
Mutaxassisning majburiyatlariga eng ma’qul transport vositasi va yo‘nalishni tanlash (avto-, avia-, suv, temir yo‘l); transport kompaniyalari bilan shartnomalar tuzish; omborxonalarni arendaga olish; yuklarni bojxona orqali rasmiylashtirish va yo‘l davomida ularni kuzatib borish kiradi. Ular transport harakati grafigiga qat’iy rioya etishlari lozim
Imtihon bloki: Kasbiy (ijodiy) imtihon
Ta'lim tili: o'zbek
Kunduzgi ta'lim: 7 771 270 so'm
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Kunduzgi | 7,771,270 so'm / yillik |