Metropoliten yoki Metro — koʻp sonli yoʻlovchilarni tashishga moʻljallangan relsli tezyurar elektr transport turi. Ishonchli xavfsizlik tizimlari bilan jihozlanadi. Metropoliten yoʻllari yer ustida, yer yuzasida va yer ostida joylashishi mumkin.
Metropoliten yoʻllari shaharning rivojlanish rejalarini, yoʻlovchilar oqimlarini, turar joy massivlari, ishlab chiqarish, savdo va dam olish markazlarining joylashuvini, shuningdek, shahar muhandislik-geologik sharoitlarni inobatga olib belgilanadi.
Metropoliten yer usti yoʻllari estakadalar ustidan oʻtkaziladi. Yer yuzasida harakatlanadigan vagonlar joyning relyefi va shahar binolarining joylashish sharoitlaridan kelib chiqib aniqlanadigan balandlikda qatnaydi. Bunday yoʻllar Nyu-York, Chikago, Boston, Filadelfiya (AQSh), Gamburg (Germaniya) shaharlarida 20-asr boshlarida kurilgan. Ammo, keyinchalik shaharlarning rivojlanishi tufayli metropoliten asosan, yer ostida quriladigan boʻldi.
Imtihon bloki: Matematika, fizika
Ta'lim tili: o'zbek
Kunduzgi ta'lim: 12 627 170 so'm
Sirtqi ta'lim: 12 627 170 so'm
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Kunduzgi | 12,627,170 so'm / yillik |
Sirtqi | 12,627,170 so'm / yillik |