Tasviriy sanʼat — rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis sanʼat turi; voqelikni uning osongina ilgʻab olinadigan fazoviy shakllarda koʻrgazmali obrazlarda aks ettiradi. Tasviriy sanʼat turlari oʻz xususiyatlariga qarab real borlikni obyektiv mavjud sifatlari — hajm, rang, fazo, shuningdek, predmetning moddiy shakli va nurhavo muhiti, harakat va oʻzgarishlari hissini yaratadi, bunda tasvirning hissiy konkretliligidan illyuzionizmga. oʻtish mumkin.
Amaliy sanʼat, amaliy bezak sanʼati — bezak sanʼati sohasi; ijtimoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega boʻlgan badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyolari (asbob-anjomlar, mebel, mato, mehnat qurollari, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, oʻyinchoqlar va boshqalar)ni badiiy ishlash bilan bogʻliq ijodiy meh-nat sohalarini oʻz ichiga oladi. Amaliy sanʼat asarlari koʻz bilan koʻrish, his etish va anglashga moʻljallangan.
Kunduzgi ta’lim shakli 9 129 930 so’m
Kunduzgi ta’lim daomiyligi – 2 yil .
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Kunduzgi | 9,129,930 so'm / yillik |