Ortga
Andijon davlat chet tillari instituti

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus tili

Daraja
Bakalavr
Qabul muddati
20 June 2025 – 20 July 2025
Ta'lim tili
Rus tili

Yo'nalish haqida

Tarjima — bir tildagi matnni boshqa tilda qayta yaratishdan iborat adabiy ijod turi. Tarjima - millatlararo muloqotning eng muhim koʻrinishi. Asliyat va qayta tiklangan matn xususiyatiga qarab badiiy tarjima, ilmiy tarjima va boshqa turlarga ajratiladi. Asl nusxani aks ettirish tarziga koʻra tafsir, tabdil, sharh kabi koʻrinishlarga ham ega boʻlishi mumkin. Tarjima qadimgi davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar orasidagi oʻzaro aloqa, muloqot ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan. Tilmochlik deb ataladigan bu ogʻzaki turi hozirda ham saqlanib qolgan.

 Rus tili  — rus xalqi tili, jahonda keng tarqalgan tillardan. Avval SSSRda, soʻng Rossiya Federatsiyasi va MDHda millatlararo va davlatlararo aloqa vositasi. Rus tili Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi 6 rasmiy tildan biri sanaladi. Ukrain va belorus tillari bilan birgalikda hindevropa tillari oilasiga kiruvchi slavyan tillarining sharqiy guruhini tashkil etadi. Oʻtgan asrning 80-yillaridagi maʼlumotlarga koʻra, rus tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 250 million kishidan, jumladan, hozirgi Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlarida 185 million kishidan iborat. Bundan tashqari, mazkur hududlardagi 60 milliondan ortiq kishi Rus tilida erkin soʻzlasha oladi.

Kunduzgi ta’lim shakli 12 627 270 so’m

Kunduzgi ta’lim davomiyligi –4 yil .

Talablar

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
Rus tili
Kontrakt narxlari:
Kunduzgi 12,627,170 so'm / yillik