Suv resurslari – foydalanish uchun yaroqli boʻlgan yer usti, yer osti suvlari va tuproqdagi nam zaxiralari. Sr. asriy (yer usti qatlamlari, Qutb va baland togʻ muzliklari, yirik koʻllar va shu kabida toʻplangan chuchuk suvlar) va qayta tiklanadigan (daryo oqimlari, yer osti suvlarining oʻzgaruvchan va dinamik zaxiralari, koʻllar hajmining bir qismi va boshqalar) turlarga boʻlinadi. Suv resurslari deganda suv obʼyektlari – daryo, koʻl, dengizlar ham tushuniladi, chunki ulardan kema qatnovi, gidroenergetika, baliq xoʻjaligi, dam olish, turizm va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Gidrosferadagi turgʻun suv zaxiralarning faqat 2,5% gina chuchuk suv (uning faqat salkam 1% dan kishilar foydalana oladilar), 70% muzliklar, qolgani tuproq nami shaklida.
Kunduzgi ta’lim shakli 7 771 270 so’m
Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 2 yil .
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Kunduzgi | 7,771,270 so'm / yillik |