Ortga
Daraja
Bakalavr
Qabul muddati
01 June 2025 – 30 September 2025
Ta'lim tili
O'zbek tili, Rus tili

Yo'nalish haqida

Stomatologiya bakalavriat taʼlim yoʻnalishi – taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida, sogʻliqni saqlash tizimining muassasalarida stomatologiyani rivojlantirish, kasalliklarni tashxislar va davolashning zamonaviy usullaridan keng foydalangan xolda bemorlarning tibbiy muammolari boʻyicha asosiy vazifalarni hal qilish, stomatologik yordam va dispanser kuzatuv faoliyatining usullari va uslublarining sifatini oshirish (davolash-profilaktik, tibbiy-ijtimoiy) boʻyicha kompleks masalalarni yechish, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishni oʻz ichiga oladi.


Oʻquv dastur maqsadi

Talabalarga tibbiyotning fundamental, klinikoldi va klinik fanlari hamda elektiv kurslar boʻyicha chuqur nazariy va amaliy bilim hamda koʻnikmalar berish. Stomatolog shifokorni tayyorlash.



Natija

5 yillik oʻquv dasturini oʻzlashtirganlaridan soʻng bitiruvchilar shifokor-stomatolog diplomiga ega boʻladilar. Bitiruvchilar magistratura bosqichida taʼlimni 7 ta mutaxassislik boʻyicha yo‘nalishlardan birida davom ettirishlari mumkin boʻladi.


– Terapevtik stomatologiya

– Ortopedik stomatologiya

– Xirurgik jarrohlik stomatologiyasi

– Yuz-jagʻ jarrohligi

– Ortodontiya

– Bolalar jarrohlik stomatologiyasi

– Bolalar terapevtik stomatologiyasi mutaxassisliklari boʻyicha magistratura va klinik ordinaturada ikki yildan kam boʻlmagan muddatda oʻqishni davom ettirish mumkin.

Shuningdek, oʻrnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy tadqiqot olib borish mumkin.

Talablar

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
O'zbek tili, Rus tili
Kontrakt narxlari:
Kunduzgi 29,900,000 so'm / yillik