Ortga
 University of Management and Future Technologies

Raqamli iqtisodiyot (Magistratura)

Daraja
Magistr
Qabul muddati
09 April 2025 – 29 September 2025
Ta'lim tili
O'zbek tili, Rus tili

Yo'nalish haqida

Raqamli iqtisodiyot — Iqtisodiyot tarmoqlaridagi biznes jarayonlarni avtomatlashgan boshqarish, elektron biznes va elektron tijorat texnologiyalarni rivojlantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan magistr mutaxassisiga aylaning.


Raqamli iqtisodiyot mutaxassisligi 2 yillik kunduzgi taʼlim dasturi bo‘lib, unda iqtisodiyot tarmoqlaridagi biznes jarayonlarni modellashtirish, avtomatlashtirish va boshqarish, elektron biznes va elektron tijorat texnologiyalarni rivojlantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan magistr mutaxassislar tayyorlanadi.


Taʼlim dasturi raqamli mahsulotlar, raqamli jarayonlar va xizmatlar, biznes modellari va monetizatsiyani nazarda tutadigan raqamli iqtisodiyotning keng imkoniyatlari haqida yangi bilim va malakalarni egallash imkonini beradi.


Mutaxassis egallaydigan ko‘nikmalar:

Elektron biznes asoslarini tashkil etish, elektron tijorat va marketing texnologiyalarini joriy etish va boshqarish, moliyaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarni egallash;

Biznes jarayonlarni modellashtirish, axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini loyihalash va ishlab chiqish hamda sunʼiy intellekt tizimlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tushunchalarni olish;

Mustaqil ravishda muammolarni o‘rganish, tadqiqotlar olib borish, loyihalarni rejalashtirish, amalga oshirish va boshqarishni amaliy bajarish.


Raqamli iqtisodiyotni o‘rganishning 5 sababi:

Rivojlanib borayotgan raqamli bozor talablarini bilish

Raqamli transformatsiyani jarayonini chuqur tushunish

Anʼanaviy va elektron savdolar tuzilmalarini o‘rganish

Kriptoiqtisodiyot bo‘yicha global tadqiqot lideri bo‘lish

Raqamli kompaniyalar va raqamli biznes modellarini amalga oshiruvchi anʼanaviy kompaniyalarda boshqaruv funksiyalarini bajarish.



Qabul kvotasi 2024 - 2025 yil uchun

Kunduzgi ta'lim shakli uchun : 20



Universitetga qabul qilinish talabalari: Kirish imtihonlari uchun berilgan fanlardan imtohonda qatnashib o'tish ballarini to'plash talab etiladi(Suhbat).


O'tish balli : Suhbat asosida



O'qish davomiyligi :

Kunduzgi ta'lim shakli uchun : 2 yil


Talablar

Ichki imtihondan o'tish

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
O'zbek tili, Rus tili
Kontrakt narxlari:
Kunduzgi 21,000,000 so'm / yillik