Ortga
Daraja
Bakalavr
Qabul muddati
01 June 2025 – 30 September 2025
Ta'lim tili
O'zbek tili, Rus tili

Yo'nalish haqida

Psixologiya - “Psixologiya” yo‘nalishi talabalarga inson ruhiyati, emotsional holati va xulq-atvorga ta’sir qilish usullari haqida chuqur bilim beradi. Talabalar o'qish davomida psixologik nazariyalarni, tadqiqot usullarini, shuningdek, psixologik muammolarni hal qilishda maslahat va yordam berish ko'nikmalarini o'rganadilar. Psixologiya bo’yicha mutaxassislar klinik psixologiya, ta'lim, kadrlar boshqaruvi, marketing, tadqiqot va hatto sport psixologiyasi kabi turli sohalarda ishlashlari mumkin. Ular amaliyotchi psixoterapevt, maktab psixologi, inson resurslari bo'yicha maslahatchi, marketolog yoki psixologiya bo'yicha tadqiqotchi bo'lib, inson xatti-harakatlarini tushunishga hissa qo'shishi mumkin. Shu bilan birga, psixologlar hissiy qiyinchiliklar, stress, depressiya va boshqa muammolarga duch kelgan odamlarga yordam berishlari mumkin. Umuman olganda “psixologiya” yo‘nalishida o'qish hayotning turli sohalarida foydali bo'lishi mumkin bo'lgan keng ko'lamli ko'nikma va bilimlarni beradi, bu esa ko'plab talabalar uchun ushbu ta'lim sohasini jozibador qiladi.


Qabul kvotasi 2024 - 2025 yil uchun 

O'zbek tili ta'lim shakli uchun :

Kunduzgi: 100

Kechki: 100

Sirtqi: 600


Rus tili ta'lim shakli uchun :

Kunduzgi: 50

Kechki: 50

Sirtqi: 50



Universitetga qabul qilinish talabalari: Kirish imtihonlari uchun berilgan fanlardan imtohonda qatnashib o'tish ballarini to'plash talab etiladi. 

Biologiya – 3,1 ball (25 ta savol)

Ona tili– 2,1 ball (25 ta savol)

Mantiqiy savol – 1,1 ball (10 ta savol)


O'qish davomiyligi :  

Kunduzgi shakli uchun: 4 yil

Kechki shakli uchun : 4,5 yil

Sirtqi shakli uchun : 5 yil


Talablar

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
O'zbek tili, Rus tili
Kontrakt narxlari:
Kechki 12,600,000 so'm / yillik
Sirtqi 12,900,000 so'm / yillik
Kunduzgi 16,800,000 so'm / yillik