Pedagogika — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham pedagog deb yuritiladi. Pedagogika fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy pedagog bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasida Pedagoglarga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi
Pedagogika haqida ilk fikrlar falsafa, diniy ilmlar tizimida, siyosatshunoslikda, huquqshunoslikda adabiyotda rivojlandi. XII-asrning boshida alohida ilm boʻlim ajralib chiqdi. F.Bekon va Ya.Komenskiylarning kitoblarida pedagogikaning rivojlanishiga katta hissa qoʻshilgan. Ularning izidan D.Lokk, Jan Jak Russo, I.Pestalotssi, I.Gerbard, A.Disterverglar oʻz hissalarini qoʻshihadi. Oʻrta asrlarda yoshlarga bilim berish va tarbiyalash diniy markazlarning qoʻlida boʻldi. Keyinchalik gil'deylik maktablar ochila boʻshalndi.
Imtihon bloki: Kasbiy (ijodiy) imtihon
Ta'lim tili: o'zbek
Ta'lim: 7 771 270 so’m
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Masofaviy | 7,771,270 so'm / yillik |