Ortga
Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti (magistratura)

Daraja
Magistr
Qabul muddati
20 June 2025 – 20 July 2025
Ta'lim tili
O'zbek tili

Yo'nalish haqida

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida yetuk mutaxassis bo‘ling


O‘zbek tilimiz, mana ming yillardirki, turkiy tillar ichida eng boy tillardan biri sifatida xalqimiz tomonidan sevib o‘rganilib kelinmoqda. Bu yurtdan yetishib chiqqan Navoiy-u Boburlar ushbu tilning dovrug‘ini o‘rta asrlardayoq yetti iqlimga yoyganlar. 


Ana shunday insonlarning davomchisi bo‘lish va boy ona tilimizda sermahsul ijod qilib, xalqimiz adabiy merosiga ham ulkan xissa qo‘shish imkoniyati endi Sizda ham mavjud! Universitetimizda mavjud O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil olib, siz ham o‘z sohangizning yetuk mutaxassis bo‘lib chiqing.


Universitetimizda o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil olgan talabalari kelajakda 

— Filolog; 

— Navoiyshunos; 

— Ona tili va adabiyot o‘qituvchisi;

— Manbaashunos kabi kasblarni egallashlari mumkin.

Talablar

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan imtihondan o'tish

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
O'zbek tili
Kontrakt narxlari:
Kunduzgi 8,450,600 so'm / yillik