Ortga
Toshkent davlat agrar universiteti

O‘simlikshunoslik (gulchilik)

Daraja
Magistr
Qabul muddati
20 June 2025 – 20 July 2025
Ta'lim tili
O'zbek tili

Yo'nalish haqida

Oʻsimlikshunoslik — madaniy oʻsimliklarni yetishtirish usullari haqidagi fan. Tuproqshunoslik, umumiy dehqonchilik, qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi, oʻsimliklar fiziologiyasi, biokimyosi, genetikasi, seleksiyasi, qishloq xoʻjaligi mikrobiologiyasi, agrofizika, agrokimyo, urugʻchilik, oʻsimliklarni himoya qilish bilan chambarchas bogʻlangan. O‘simlikshunoslikning asosiy tadqiqot obʼyekti — qishloq xoʻjaligida ekiladigan ekinlar (turi, xili, navi, duragayi), ularning biologiyasi; tashqi muhit — agroekologik sharoitlarga talabchanligi va boshqalar Zamonaviy O‘simlikshunoslik shugʻullanadigan asosiy masalalar: ekiladigan oʻsimliklar tasnifi (donli ekinlar, ildizmevali va tuganak mevalilar, moyli ekinlar, tolali ekinlar, yemxashak oʻtlari va ekinlari, narkotikalkaloidli ekinlar); ularning biologik va ekologik xususiyatlarini oʻrganish, navlar (duragaylar)ni rayonlashtirishning ilmiy asoslari, qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan oʻsimliklar introduksiyasi, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda intensiv texnologiya (agrotexnika)ni oʻrganish va ishlab chiqish; ekinning tuproqqa va atrof muhitga galabi; oʻgʻitlar va sugʻorishga munosabati; potensial hosildorligi yuqori boʻlgan tezpishar, kasalliklar hamda zararkunandalarga chidamli navlarni yaratish; yangi navlar agrotexnikasi va boshqalar


Talablar

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan imtihondan o'tish

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
O'zbek tili
Kontrakt narxlari:
Kunduzgi 7,771,270 so'm / yillik