Tojik tili — hindevropa oilasidagi eroniy tillar guruhining janubi-gʻarbiy guruhchasiga mansub til. Asosan, Tojikiston va Shimoliy Afgʻonistonda, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning ayrim tumanlarida, qisman Eronda tarqalgan. Tojik tilida jami 35 mln.dan ortiq kishi soʻzlashadi . Fonetik tizimida 6 unli va 24 undosh fonema bor. Urgʻu dinamik xususiyatga ega, koʻpincha soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushadi. Grammatik qurilishi agglyutinativflektiv xususiyatga ega. Ot, sifat, son turkumlaridagi soʻz oʻzgarishining qadimda rivojlangan tizimi hozirda yoʻqolgan. Jins va kelishik kategoriyalari mavjud emas. Kelishik munosabatlari sintaktik usulda ifodalanadi. Izofa otlar aloqasida eng keng tarqalgan vositalardandir. Feʼl sohasida koʻplab analitik shakllar va birikmalar uchraydi. 4 ta mayl bor.
Kunduzgi ta’lim shakli 12 627 170 so’m
Kunduzgi ta’lim davomiyligi - 4 yil .
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Kunduzgi | 12,627,170 so'm / yillik |