Qozoq tili - turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qoraqalpoq va noʻgʻay tillari bilan bir-galikda qipchoq tillarining qipchoq-noʻgʻay guruhchasini tashkil etadi. Qozogʻiston Respublikasining davlat tili. Asosan, Qozogʻiston, Xitoy, Oʻzbekiston, Rossiya Federatsiyasi, Mongoliyada, shuningdek, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Afgʻoniston, Turkiya, Ukraina va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Qozoq tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni qariyb 30 million kishi.
Qozoq tilining dialektik boʻlinishi haqida aniq bir fikr yoʻq: baʼzi manbalarda 2 ta, baʼzilarida esa 3 ta (shimoli-sharqiy, janubiy va gʻarbiy) lah-jaga boʻlinishi haqida fikrlar mavjud. Lahjalar leksik tarkibi va fonetik xususiyatlari jihatdan oʻzaro farq qiladi.
Kunduzgi ta’lim shakli 12 627 170 so’m
Kundugi ta’lim davomiyligi – 4 yil .
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Kunduzgi | 12,627,170 so'm / yillik |