Ortga
Termiz davlat universiteti

Neft va gaz kimyosi

Daraja
Bakalavr
Qabul muddati
20 June 2025 – 20 July 2025
Ta'lim tili
O'zbek tili

Yo'nalish haqida

 Neft kimyosi — kimyo fanining bir boʻlimi, neft va tabiiy gaz kom-ponentlarining tarkibi, tuzilishi, xossalari va kimyoviy oʻzgarishlarini, shuningdek, ularni qayta ishlash jarayonlarini oʻrganadi. Neft kimyosi sohasidagi ilk tadqiqotlar 19-asrning oxirgi choragida boshlangan boʻlib, bu vaqtga kelib dunyo miqyosida neft quduqdaridan yiliga 4—5 mln.t neft chiqarilgan. Neftni termik krekinglash paytida ajralib chiqadigan gazlardan sintez yoʻli bilan olingan izopropil spirt Neft kimyosining sanoat mikyosidagi birinchi mahsuloti edi. 1950—1960-yillarda toshkoʻmirga nisbatan neft-gaz xom ashyolaridan organik sintezda koʻproq foydalanish Neft kimyosining kimyoviy-ilmiy tadqiqotlardan mustaqil yoʻnalish sifatida ajralib chiqishiga sabab boʻldi. Neft kimyosining bosh masalasi — neft va tabiiy gaz komponentlarini  qayta ishlash jarayonlarini oʻrganish va samarali usullarini topishdan iborat.


Talablar

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan imtihondan o'tish

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
O'zbek tili
Kontrakt narxlari:
Kunduzgi 12,627,170 so'm / yillik