Neft va gaz ishi
Neft qoramoy — suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning, asosan, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2—2,0 km chuqurlikdagi yer osti gumbazlarining gʻovak yoki seryoriq togʻ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar)da joylashgan. Chiqarilayotgan neft, asosan, burgʻilangan quduqlardan olinadi. Neft sanoati — ogʻir sanoat sohasi. Neft va gaz konlarini qidirish, kon quduqlari qazish, neft va neft bilan aralash chiqadigan gazni qazib olish, neft gazini qayta ishlash, neftni quvurlar orqali joʻnatishni oʻz ichiga oladi.
Gaz sanoati — yer bagʻridan tabiiy gaz chiqarish, qattiq va suyuq yoqilgʻilardan sunʼiy gaz olish, aholi va sanoat taʼminoti uchun quvurlardan gaz yuborish hamda gazdan kimyoviy mahsulotlar olish sanoati. Gazning asosiy turi yer bagrining 200–7000 m chuqurlikdagi gʻovak jinslarida boʻladigan yonuvchi tabiiy gazdir.
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Kunduzgi | 12,627,170 so'm / yillik |
Sirtqi | 12,627,170 so'm / yillik |