Ortga
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘limda jismoniy tarbiya va sport

Daraja
Bakalavr
Qabul muddati
20 June 2025 – 20 July 2025
Ta'lim tili
O'zbek tili

Yo'nalish haqida

Jismoniy tarbiya, badan tarbiya — sogʻliqni mustahkamlashga, odam organizmini uygʻun ravishda rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi. Jamiyatdagi jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi koʻrsatkichlardan biri.  Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari: jismoniy mashgʻulotlar, organizmni chiniqtirish, mehnat va turmush gigiyenasi. Jismoniy tarbiya aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya bilan qoʻshib olib boriladi.


Sport — jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, jismoniy tarbiya vositasi va usuli, jismoniy mashqlarni turli majmualari boʻyicha musobaqalar tashkil etish, tayyorlash va oʻtkazish tizimi. Sportning maqsadi kishilarning sogʻligʻini mustahkamlash va umumiy jismoniy rivojlantirish bilan birga sport musobaqalarida yuqori natija va gʻalabalarga erishishdir. Dastlabki sport musobaqalari Yunonistonda boʻlib oʻtgan. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tashkil qilinganidan keyin sport juda tez rivojlana boshladi. 1896-yilda 1-zamonaviy Olimpiada oʻyinlari oʻtkazildi.


Kunduzgi ta’lim shakli  12 627 170 so’m

Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 4 yil .


Sirtqi ta’lim shakli 12 627 170  so’m

Sirtqi ta’lim davomiyligi – 5 yil .

Talablar

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan imtihondan o'tish

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
O'zbek tili
Kontrakt narxlari:
Kunduzgi 12,627,170 so'm / yillik
Sirtqi 12,627,170 so'm / yillik