Ortga
Daraja
Bakalavr
Qabul muddati
01 June 2025 – 30 September 2025
Ta'lim tili
O'zbek tili, Ingliz tili, Rus tili

Yo'nalish haqida

Talabalar samolyotlarni boshqarish tizimlari, kosmik aloqa va navigatsiya tizimlari, kosmik robototexnika, yerni masofadan zondlash tizimlarini ishlab chiqish va loyihalash bo'yicha fundamental tayyorgarlikdan o'tadilar. Ular eksperimental, nazariy va amaliy astronomiyani, iqtisodiyot tarmoqlari uchun masofadan zondlashning amaliy texnologiyalarini, shuningdek, tegishli tabiiy va texnik fanlar sohalarini o'zlashtiradilar.

Talabalar kosmik texnologiyalarni ishlab chiqish, yaratish uchun murakkab kompyuter va elektron-elektr komponentlarini o'rganadilar. Iqtisodiyotning turli sohalarida kosmik texnologiyalardan samarali foydalanish uchun inson imkoniyatlarini kengaytiradigan sun'iy yo'ldosh tizimlari va nanosun’iy yo‘ldoshlarni qanday yaratishni bilib oladilar.


“Kosmik texnologiyalar” bakalavriat bitiruvchilari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassis bo‘lishadi:

-Raketa-kosmik komplekslarning ekspluatatsiyasi;

-Sun'iy yo'ldosh aloqasi va radioeshittirish uchun yer usti majmualarini ekspluatatsiya qilish; (Yer usti sun'iy yo'ldosh aloqasi va eshittirish komplekslaridan foydalanish)

-Kosmik kemalarni sinovdan o'tkazish va ballistik ta'minlash texnologiyalari;

-Raketa va kosmik komplekslardan foydalanishning ekologik xavfsizligi.


O'qish muddati - 4 yil. 1-2-kurslar Toshkentda, 3-4-kurslar esa Olmaota shahrida bo’lib o’tadi.

Amaliyot: amaliy mashg'ulotlar kosmik va aerokosmik sohaning yetakchi xalqaro ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish korxonalarida o'tkaziladi. 

Diplom: o'quv dasturini tugatgandan so'ng talabalarga 2 ta namunadagi diplomlar beriladi:

- Toshkent Kimyo xalqaro universitetining xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan diplomini;

- K. I. Satbayev nomidagi Qozog‘iston milliy tadqiqot texnika universitetining diplomini.

Ta’lim tillari: Toshkentda - ingliz, rus, o'zbek.

Olmaotada – ingliz va rus.

Bilish muhimdir!!! 1-2 kurs Toshkentda, o'zbek, rus va ingliz tillarida, 3-4 kurs Olmaota shahrida rus yoki ingliz tillarida tashkil etiladi.


Ta'lim grantlari:

- 1 va 2 yillik o'qish uchun grantlar ajratiladi, ular shartnoma miqdorining 100 foizigacha bo’lgan to’lovni qoplaydi.

- 3 va 4 kurslarda o'qish bepul.

Talablar

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
O'zbek tili, Ingliz tili, Rus tili
Kontrakt narxlari:
Kunduzgi 22,000,000 so'm / yillik