Ko'prik - bu to'siqdan o'tadigan yo'lning davomi. U daryoning qirg'og'ini birlashtirishi yoki shovqinli shosse orqali o'tishi mumkin. Zamonaviy ko'priklar quyidagi mezonlarga muvofiq tasniflanadi:
Tunnel, tonnel (ing. tunnel — quvur) — transport yurishi, suv utishi, kommunikatsiyalar joylashishi va boshqa maqsadlarga moʻljallangan, yotiq yoki qiya joylashgan yer osti yoki suv osti sunʼiy inshooti. Uzunligi koʻndalang oʻlchovlaridan birmuncha katta boʻladi. Vazifasi, yer yuzasiga nisbatan joylashishi, chuqurligi va qurish usullari boʻyicha turlarga boʻlinadi.
Yoʻl oʻtkazgichlar — ikki yoki undan ortiq transport magistrallari kesishadigan joyga quriladigan koʻprik, transport vositalarining mustaqil harakatlanishi uchun moʻljallanadi. Y.oʻ. avtomobil yoʻli temir yoʻl bilan kesishadigan joyga, shuningdek, transport vositalari va yoʻlovchilar serq-atnov boʻladigan shahar yoʻllariga quriladi. Y.oʻ. ning shakliga koʻra, planda toʻgʻri chiziqli, egri chizikli; bir va koʻp yarusli; balkali, ramali yoki arka tizimli; metall, temirbeton va poʻlat-temir-betondan prolyotli (oraliqli) qilib quriladigan xillari bor.
Imtihon bloki: Kasbiy (ijodiy) imtihon
Ta'lim tili: o'zbek
Kunduzgi ta'lim: 8 450 600 so'm
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Kunduzgi | 8,450,600 so'm / yillik |