Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari - Yagona protsessor elementlaridan tortib Internet kabi yirik kompyuter tarmoqlarigacha bo‘lgan diapozondagi kompyuter tizimlarini loyihalash, tahlil qilish, joriy etish va ulardan foydalanish bo‘yicha mutaxassisga aylaning
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari mutaxassisligi 2 yillik taʼlim dasturi bo‘lib, unda turli dasturlash tillaridan foydalangan kompyuter tizimlarida maʼlumotlarni intellektual tahlil qilish, hisoblash jarayonlarini dasturlash va mantiqiy muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan magistr mutaxassislar tayyorlanadi.
Taʼlim dasturi yagona protsessor komponentlaridan tortib Internet kabi kompyuter tarmoqlarigacha bo‘lgan diapozondagi kompyuter tizimlarini loyihalash, tahlil qilish, joriy etish va ulardan foydalanish bo‘yicha mutaxassis bilimlarini olish imkoniyatini taklif etadi.
Mutaxassis egallaydigan ko‘nikmalar:
Dasturlash tamoyillari, hisoblashning matematik va algoritmik asoslari, axborot tizimlarini hamda maʼlumotlar bazasini loyihalash va boshqarish bo‘yicha bilim va raqamli ko‘nikmalarni egallash.
Bulutli hisoblash, maʼlumotlarni boshqarish, dasturiy injiniring, sunʼiy intellekt va mashinani o‘qitishning joriy texnologiyalari haqida keng qamrovli amaliy tushunchalarni olish.
Mustaqil ravishda muammolarni o‘rganish va tadqiqotlar olib borish, loyihalarni rejalashtirish, amalga oshirish va boshqarishni amaliy bajarish.
Egallash mumkin bo‘lgan faoliyat turlari:
Ilmiy-pedagog mutaxassis
Tarmoqni boshqarish mutaxassisi
Dasturchi va Tester mutaxassis
Web dasturchi mutaxassis
Axborot tizimlari mutaxassisi
Qabul kvotasi 2024 - 2025 yil uchun
Kunduzgi ta'lim shakli uchun : 40
Universitetga qabul qilinish talabalari: Kirish imtihonlari uchun berilgan fanlardan imtohonda qatnashib o'tish ballarini to'plash talab etiladi(Suhbat).
O'tish balli : Suhbat asosida
Grantlar : 3 ta (Grant eng yuqori ball to’plagan nomzodlarga beriladi)
O'qish davomiyligi :
Kunduzgi ta'lim shakli uchun : 2 yil
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Kunduzgi | 21,000,000 so'm / yillik |