Kimyoviy texnologiya - tabiiy xom-ashyo, sanoat chiqindilari, shuningdek, sintetik yarim mahsulotlarni kimyoviy yoʻl bilan qayta ishlab, isteʼmol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalariga aylantirishning iqtisodiy va ekologik jihatdan qulay usullari va jarayonlari haqidagi fandir. Kimyoviy texnologiya usullari va jarayonlarining fizik-kimyoviy sharoitlarini tekshirish, texnologik jarayonlarning sxemalarini ishlab chiqish, asbob va uskunalarning tuzilishi va ularni tayyorlash uchun zarur materiallarni aniqlash Kimyoviy texnologiyaning vazifasidir. Har qanday Kimyoviy texnologiya jarayonining asosiy elementlari — xom-ashyo, energiya, asbob va uskunalardir. Kimyo, metallurgiya, qurilish materiallari, yoqilgʻi, toʻqimachilik, kon, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida Kimyoviy texnologiya usullaridan foydalaniladi.
Imtihon blok: Metematika, fizika.
Ta'lim tili: o'zbek
Sirtqi ta’lim: 12 627 170 so’m
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Sirtqi | 12,627,170 so'm / yillik |