Ortga
Daraja
Bakalavr
Qabul muddati
01 June 2025 – 30 September 2025
Ta'lim tili
Ingliz tili

Yo'nalish haqida

IT-Biznes


Har bir sohada raqamlashtirish jarayoni jadal rivojlanishi va internet tarmogʼining keng tarqalishi biznes boshqaruvi tizimini tubdan oʼzgartirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda. Ushbu yangi talablarni qoniqtirish maqsadida IT Business taʼlim yoʼnalishini tashkil etish ehtiyoji tugʼildi va unda asosiy eʼtiborni biznes boshqaruvidagi mavjud anʼanaviy tamoyillarni ilgʼor axborot texnologiyalari bilan integratsiyalashuviga qaratiladi. IT Business fakulteti axborot texnologiyalari va biznes boshqaruvining nazariy va amaliy tomonlarini oʼz ichiga olgan mukammal oʼquv dasturini taqdim etadi. Mazkur dastur anʼanaviy biznes boshqaruvining asoslari - moliya, buxgalteriya hisobi, inson resurslari va ishlab chiqarishni tashkil etish fanlarini raqamlashtirish bilan uygʼunlashtirilgan holda oʼqitiladi. Shu bilan birga, IT biznes boshqaruvi koʼnikmalarini chuqur oʼzlashtirish uchun talab qilinadigan axborot texnologiyalarining asosiy fanlari ham oʼrgatiladi. IT Business fakulteti Biznes Аdministratsiya, IT Business va Аxborot Texnologiya taʼlim yoʼnalishlarining asoslarini umumlashtirgan oʼquvdasturini tatbiq qiladi. Shuningdek, fakultet Janubiy Koreyaning Аdju universiteti koʼmagida xalqaro taʼlim standartlari asosida tayyorlangan, axborot texnologiyalarni mukammal egallagan yetuk kadrlarni shaklantiradi.


Imtixon bloki: Matematika, Fizika


Ta'lim tili: Ingliz tili


Kunduzgi ta’lim shakli: 11 500 000 so‘m.

Kunduzgi ta’lim shakli davomiyligi: 4 yil.

Talablar

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
Ingliz tili
Kontrakt narxlari:
Kunduzgi 11,500,000 so'm / yillik