Ushbu dastur Arizona State University tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va xalqaro muhitda yetakchilik qilish va innovatsiyalar yaratishga intilayotgan shaxslar uchun mo‘ljallangan.
Dastur quyidagilar uchun mos keladi:
- Yangi bitiruvchilar
- O‘rta martaba mutaxassislari
- Tadbirkorlar va biznes egalari
- Hukumat amaldorlari va diplomatlar
- Noutijorat va NGO yetakchilari
Universitetga kirish uchun minimal talablar
- Tegishli bakalavriat dasturi diplomi + transkript
- Ingliz tili bilish sertifikati (IELTS 6 / TOEFL 66 / CEFR B2)
- Professional rezyume (CV)
Stipendiya uchun ariza topshirish minimal talablari
- Tegishli bakalavriat dasturi diplomi + transkript (GPA ⩾ 4, 5 ballik tizim bo‘yicha)
- Ingliz tili bilish sertifikati (IELTS ⩾ 6.5 / TOEFL ⩾ 87 / CEFR ⩾ C1)
- Shaxsiy ariza (Personal Statement)
- Tavsiyanoma (Recommendation Letter)
- Professional rezyume (CV)
Boshqa omillar, masalan, professional yutuqlar ham ko‘rib chiqiladi.
- Ingliz tili sertifikatiga ega bo‘lmagan nomzodlar AUT tomonidan taklif etiladigan Ingliz tili daraja aniqlash testini topshirishlari mumkin.
- Agar nomzod ilgari o‘qigan universitetda o‘qitish tili ingliz tili bo‘lsa, u holda ingliz tili sertifikatini taqdim etish talab qilinmaydi.