Gigiyena — tibbiyotning bir sohasi; kishilar sogʻligʻiga turmush va mehnat sharoitlari taʼsirini oʻrganadi hamda kasalliklarning oldini olish, yashash uchun eng qulay sharoit yaratish, sogʻliqni saqlash va umrni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Gigiyenaning bir necha sohalari bor. Aviatsion gigiyena, harbiy gigiyena, mehnat gigiyenasi, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi (maktab gigiyenasi), shaxsiy gigiyena, ijtimoiy gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, radiatsion gigiyena va h.k. Gigiyena fiziologiya, patofiziologiya, epidemiologiya, toksikologiya, fizika, kimyo, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bogʻlangan, chun-ki tabiiy omillar bilan birga jamiyatning iktisodiy ahvoli ham kishi sogʻligʻiga taʼsir etadi. Ehtiyot va kundalik sanitariya nazorati asoslarini ilmiy asosda ishlab chiqish, kishilarning yashash va ishlash sharoiti hamda dam olishini sogʻlomlashtirish boʻyicha sanitariya tadbirlarini asoslab berish, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini saqpash, sanitariya qonun-qoidalarini ishlab chiqish, oziq-ovqat mahsulotlari va uy-roʻzgʻor buyumlari sifatini sanitariya ekspertizasidan oʻtkazishda qatnashish gigiyenaning vazifasidir.
Kunduzgi ta’lim shakli 10 488 590 so’m
Kunnduzgi ta’lim davomiyligi – 2 yil .
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Kunduzgi | 10,488,590 so'm / yillik |