Gidrotexnika inshootlari — suv resurslaridan foydalanish yoki suvning yemirish taʼsiriga qarshi kurash uchun quriladigan inshootlar. G. i. vazifasi boʻyicha 2 guruhga —umumiy ahamiyatga ega boʻlgan va maxsus inshootlarga boʻlinadi.Umumiy ahamiyatga ega boʻlgan G. i. tarkibigasuv damlagich, suv olgich, suv tashlama va suv rostlagich inshootlari kiradi. Suv damlagichlar (toʻgʻon, damba) inshootning oldi va orqasida suv bosimi yoki suv sathida farqlar hosil qiladi. Suv olgich (suv qabul qilgich) inshootlar suvni manba (daryo, koʻl, suv ombori va sh. k.)dan kanallarga oqizish uchun xizmat qiladi. Suv oʻtkazgich (vodovod) suvni tegishli joylar (kanal, nov, akveduk, dyuker, quvurlar, gidrotexnika tunellari)ga yoʻnaltirish maqsadida quriladi; tutashtiruvchi inshootlar (suv tushirgich, tezoqar, shovva, kanal rostlagichlari) G. i. turli qismlarining ravon birlashishini taʼminlaydi. Suv tashlama inshootlar suv omborlari, kanallar, bosimli havzalardan ortiqcha suvni chiqarib yuborishga xizmat qiladi.
Kunduzgi ta’lim shakli 7 771 270 so’m
Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 2 yil .
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Kunduzgi | 7,771,270 so'm / yillik |