Gidrotexnika inshootlari — suv resurslaridan foydalanish yoki suvning yemirish taʼsiriga qarshi kurash uchun quriladigan inshootlar. Gidrotexnika inshootlari vazifasi boʻyicha 2 guruhga —umumiy ahamiyatga ega boʻlgan va maxsus inshootlarga boʻlinadi.Umumiy ahamiyatga ega boʻlgan Gidrotexnika inshootlari tarkibigasuv damlagich, suv olgich, suv tashlama va suv rostlagich inshootlari kiradi. Suv damlagichlar (toʻgʻon, damba) inshootning oldi va orqasida suv bosimi yoki suv sathida farqlar hosil qiladi. Suv olgich (suv qabul qilgich) inshootlar suvni manba (daryo, koʻl, suv ombori va sh. k.)dan kanallarga oqizish uchun xizmat qiladi.
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Kunduzgi | 7,771,270 so'm / yillik |