Ortga
Toshkent davlat texnika universiteti

Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi: neft va gaz konlari

Daraja
Bakalavr
Qabul muddati
20 June 2025 – 20 July 2025
Ta'lim tili
O'zbek tili, Rus tili

Yo'nalish haqida

Neft konlari - Yer poʻstida maʼlum tektonik strukturada joylashgan va uni chiqarib olish iqtisodiy ji-hatdan foydali hisoblangan neft uyumlari. Neft konlari antiklinal burmalarda va tektonik uzilgan monostrukturali tabiiy tutqichlarda joylashgan. Neft konlarini tavsiflovchi asosiy para-metrlar: kon maydonining geologik tuzilishi, lokal strukturaning asosiy strukturalarga nisbatan joylashishi, turli strukturali palanlar mavjudligi, mahsuldor gorizontlar, uyumlar turi, uglevodorodlarning fazaviy xrlati, zaxiralari, ularning maydon boʻylab zichligi va boshqa Neft konlari bir necha strukturali qavatlarni birlashtirishi mumkin. Uyumlar turiga qarab konlar bir qatlamli yoki koʻp qatlamli boʻladi. Konda neftning fazaviy miqdoriga qarab neft, neft-gaz, gaz-neft, gaz-kondensat-neft konlariga boʻlinadi. Oʻzaro yaqin joylashgan bir necha yirik neft-gaz konlari havzalarni tashkil qiladi.


Gaz konlari — Yer poʻstining maʼlum bir qismidagi aniq tektonik strukturada joylashgan tabiiy gaz uyumlari. Tabiiy gazlar alohida gaz koni holida yoki neft bilan birga (neft-gaz konlari) uchraydi. G. k. koʻp tabaqali va bir tabaqali konlarga boʻlinadi. Koʻp tabaqali G.k. kesmasida bir maydonda turli chuqurlikda ustma-ust joylashgan bir qancha gaz uyumlari boʻladi. G. k. kesmasining turli masofalarida har xil gaz uyumlari uchraydi. G. k. fazoviy umumiylashgan gaz yigʻilish zonalarida guruhlangan va gazli yoki gaz-neftli platforma (qubbasimon doʻnglik, platforma ichki choʻkmalari va b.), geosinklinal (togʻlararo vodiylar, oʻrtaliq massiv-lari), oʻtish (togʻ etagi botigʻi) tur-lariga boʻlinadi. Koʻp tabaqali G. k. gaz alohida-alohida burgʻi quduqlaridan yoki hamma tabaqani kesib oʻtgan bitta burgʻi qudugʻidan chiqariladi .


Talablar

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan imtihondan o'tish

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
O'zbek tili, Rus tili
Kontrakt narxlari:
Kunduzgi 6,412,610 so'm / yillik