Ortga
Termiz davlat universiteti

Etnografiya, etnologiya va antropologiya

Daraja
Magistr
Qabul muddati
20 June 2025 – 20 July 2025
Ta'lim tili
O'zbek tili

Yo'nalish haqida

 Etnografiya  - etnologiya, xalqshunoslik — jahondagi barcha xalqlarning, etnik birlikning turli tiplari, ularning kelib chiqishi (etnogenezi), turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va maʼnaviy taraqqiyot darajasidan qatʼi nazar, teng holda oʻzaro tafovuti yoki umumiyligi va oʻxshashligini, ularning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganuvchi maxsus fan sohasi.


Etnologiya -  etnik jarayonlarni o'rganuvchi fan bo'lib, ular etnik guruhlar, shuningdek, boshqa etnik jamoalar hayotining turli tomonlari sifatida tushuniladi .


Antropologiya  — odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzod irqlarining paydo boʻlishi, odamning tana tuzilishidagi normal farq-tafovut, oʻzgaruvchanlik haqidagi fan. Antropologiya ijtimoiy fanlarga juda yaqin turadigan biologiya sohasidir.  


Talablar

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan imtihondan o'tish

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
O'zbek tili
Kontrakt narxlari:
Kunduzgi 7,771,270 so'm / yillik