Ortga
Daraja
Bakalavr
Qabul muddati
01 June 2025 – 30 September 2025
Ta'lim tili
O'zbek tili, Rus tili

Yo'nalish haqida

Davolash ishi

Davolash ishi yo‘nalishining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlariga asoslangan holda zamonaviy tibbiyot talablariga javob beradigan yuqori malakali shifokorlarni tayyorlashdir.

Bizning institutimizda faoliyat yurituvchi kuchli ilmiy salohiyat va boy tajribaga ega bo‘lgan yetakchi o‘qituvchilar bergan bilim talabalarimizga dunyodagi eng nufuzli oliy ta’lim maskanlari talabalari bilan bilim, malaka va ko‘nikma borasida raqobatlashishga imkoniyat beradi. Talabalarimizning zamonaviy jihozlangan o‘quv xonalarida tahsil olishlari va laboratoriyalarda amaliy ko‘nikmalarni shakillantirishlari, shuningdek, yetakchi xususiy klinikalar, davlat shifoxonalari va tibbiyot markazlarida amaliyot o‘tashlari ularga zamon bilan hamnafas bo‘lgan, bugungi va kelajak tibbiyoti talablariga javob bera oladigan mutaxassis bo‘lishlariga zamin yaratadi.


Grantlar:

Kirish imtihonlarida eng yuqori bal olgan 5ta abituriyentga beriladi


Imtihon bloki:

Kimyo – 3,1 ball (30ta savol)

Biologiya – 2,1 ball (30ta savol)

Ona tili va adabiyot – 1,1 ball (30 ta savol)


O'tish ballari:

Kunduzgi – 100

Superkontrakt: - 1.5 barobar – 90

Superkontrakt - 2 barobar – 80


Ta'lim tili: o'zbek, rus



Kunduzgi ta’lim muddati: 6 yil



Talablar

Kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirish

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
O'zbek tili, Rus tili
Kontrakt narxlari:
Kunduzgi 33,000,000 so'm / yillik