Ortga
Coventry University by UDEA

BSc (Hons) Accounting and Finance (Foundation Accounting and Finance)

Daraja
Bakalavr
Qabul muddati
01 January 2025 – 19 August 2025
Ta'lim tili
Ingliz tili

Yo'nalish haqida

Dastur haqida

BSc (Hons) Buxgalteriya Hisobi va Moliya dasturi talabalarga moliya va buxgalteriya hisobi bo’yicha chuqur bilimlarni beradi. Ushbu kurs biznes va moliya sohalarining zamonaviy talablariga javob beradigan, talabalarni zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar bilan qurollantirishga mo‘ljallangan.

Talabalar moliyaviy hisobot, soliqqa tortish, moliyaviy ma’lumotlar tahlili, boshqaruv hisobi va moliyaviy dunyoning boshqa asosiy jihatlarini o’rganadilar. Dastur shuningdek, moliya institutlarida va buxgalteriya hisobi amaliyotlarida keng qo’llaniladigan dasturiy ta’minot bilan amaliy tajribani o’z ichiga oladi.

Karyera istiqbollari

Dasturni tugatgandan so’ng, bitiruvchilar moliyaviy hisob, menejment, konsalting, soliq, audit va risklarni boshqarish bo’yicha professional karyera qilishlari mumkin. Ushbu rivojlanish yo’llari moliyaviy hisobotlarni tayyorlash, moliyaviy operatsiyalarni nazorat qilish, moliyaviy maslahatlar berish, soliqqa ixtisoslashish, moliyaviy auditlarni o’tkazish, ish faoliyatini optimallashtirish va aktivlarni himoya qilish uchun moliyaviy risklarni tahlil qilish va boshqarish kabi mas’uliyatni o’z ichiga oladi.


Talablar:

  • IELTS bali 6.0 ("Writing" komponenti 5.5) yoki undan yuqori.
  • Koventri universiteti ingliz tili testi (CUET)*: ball 6.0 ("Writing" komponenti 5.5) yoki undan yuqori.

 *CUET - bu abituriyentlar IELTS sertifikatiga ega bo'lmasa, UDEAdagi Koventri universiteti dasturlariga kirish huquqini olish uchun topshiradigan testdir.


Grantga ariza berish jarayoni:

  • Hujjatlaringizni topshiring.
  • UDEAdagi Koventri universiteti (Buyuk Britaniya) dasturlaridan biriga muvaffaqiyatli qabul qilining.
  • “Agrobank” ATB vakillari bilan suhbatdan* o'ting.


Davomiyligi: 4 yil

Talim shakli: Kunduzgi

Til: Ingliz

Kontrakt: 34 500 000 UZS (1 o‘quv yili uchun)

Xorijiy fuqarolar uchun kontrakt toʻlovi: 6 000 USD (1 oʻquv yili uchun)


Talablar

IELTS 6.0 (Writing 5.5)/TOEFL 60 yoki ichki imtihondan o'tish

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
Ingliz tili
Kontrakt narxlari:
Kunduzgi 34,500,000 so'm / yillik