Boshlangʻich taʼlim — umumiy oʻrta taʼlimning dastlabki bosqichi. OʻzRda Boshlangʻich taʼlim 1—4sinflarda bolalarga ilk taʼlim berish, ularni maʼnaviy kamol toptirishning boshlanish davri hisoblanadi. U 1—4sinflarni oʻz ichiga oladi va oʻqish 6—7 yoshdan boshlanadi. Bunda taʼlim mazmunini belgilash muhim ahamiyatga ega. OʻzRning 1997-yil 29 avgustda qabul qilingan „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonunida Boshlangʻich taʼlim umumiy oʻrta taʼlim olish uchun zarur boʻlgan savodxonlik, bilim va koʻnikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Kunduzgi | 12,627,170 so'm / yillik |
Kechki | 12,627,170 so'm / yillik |