Ortga
Fan va texnologiyalar universiteti

Boshlang‘ich ta’lim

Daraja
Bakalavr
Qabul muddati
01 June 2025 – 30 September 2025
Ta'lim tili
O'zbek tili, Rus tili

Yo'nalish haqida

Boshlang‘ich ta’lim - "Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishida talabalar boshlang‘ich sinflarda bolalar bilan ishlash bo‘yicha asosiy bilim va uslublarni o’rganadi. O’qish davomida talabalar pedagogika tamoyillarini, asosiy fanlarni o'qitish metodlarini o'rganadilar, shuningdek, o'quv jarayonini tashkillashtirish va o’quvchilar bilan muloqot qilish ko'nikmalarini egallaydilar. “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lganlar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maktabdan tashqari ishlar tashkilotchisi, shuningdek, maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, ular o'z bilimlarini ta'lim bo'yicha maslahatchilar sifatida hamda ta'lim dasturlarini ishlab chiqishda qo'llashlari mumkin. Aytib o’tish lozim, boshlang'ich sinf - bu bolaning hayotidagi asosiy ko'nikmalar, qadriyatlar va bilim olishga bo'lgan munosabati shakllanadigan asosiy davrdir. Boshlang'ich ta'lim mutaxassislari har bir bolaning shaxsiy rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Bolalar bilan ishlash ijodkorlik va innovatsiyalarni talab qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘quv jarayonini qiziqarli va samarali o‘tkazish uchun o‘qitishning turli usullaridan, jumladan, o‘yin va interfaol darslardan foydalanadilar.


 

Qabul kvotasi 2024 - 2025 yil uchun 

O'zbek tili ta'lim shakli uchun :

Kunduzgi: 300

Kechki: 100

Sirtqi: 50


Rus tili ta'lim shakli uchun :

Kunduzgi: 50

Kechki: 50

Sirtqi: 50


Universitetga qabul qilinish talabalari: Kirish imtihonlari uchun berilgan fanlardan imtohonda qatnashib o'tish ballarini to'plash talab etiladi. 

Ona tili va adabiyot – 3,1 ball (25 ta savol)

Matematika – 2,1 ball (25 ta savol)

Mantiqiy savol – 1,1 ball (10 ta savol)


O'qish davomiyligi :  

Kunduzgi shakli uchun: 4 yil

Kechki shakli uchun : 4,5 yil

Sirtqi shakli uchun : 5 yil


Talablar

Boshlang‘ich ta’lim sohasida kamida 5 yillik tajribaga ega bo'lish (Sirtqi uchun)

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
O'zbek tili, Rus tili
Kontrakt narxlari:
Sirtqi 12,600,000 so'm / yillik
Kechki 12,600,000 so'm / yillik
Kunduzgi 16,800,000 so'm / yillik