Ortga
Daraja
Magistr
Qabul muddati
20 June 2025 – 20 July 2025
Ta'lim tili
O'zbek tili

Yo'nalish haqida

Badiiy tarjimaning asosiy xususiyati tilning badiiy vazifasidan kelib chiqadi. Til badiiy asarda estetik hodisa, sanʼat faktiga aylanadi. Adabiy asar tili — alohida ,,badiiy voqelik" unsuridir. Tarjimada ana shu obrazli ifodaviy tildagi badiiy maʼnoni boshqa tilning obrazli ifodaviy zaminiga oʻtkazish, obrazni obraz bilan qayta ifodalash jarayoni yuz beradi. Shuning uchun tarjimon asardagi voqealarning badiiy tafakkur jarayonini yangidan idrok etadi. Zamonaviy tarjima talablariga asosan tarjimon asliyatning sanʼat asari sifatida shakl va mazmun birligini qayta yaratishi, milliy va individual xususiyatlarini saqlashi lozim. Tarjimon ona tilining rivojlanish darajasi, tarjimachilik anʼanalari, tajribalariga suyanadi, turli xil tafovutlarning mavjudligini hisobga oladi. Tarjimonning ijodiy qobiliyati va bilimi uning imkoniyatlarini kengaytiradi.


Kunduzgi ta’lim shakli:  7 771 270 so‘m.

Kunduzgi ta’lim shakli davomiyligi — 2 yil.

 

Talablar

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan imtihondan o'tish

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
O'zbek tili
Kontrakt narxlari:
Kunduzgi 7,771,270 so'm / yillik