Ortga
OXUS UNIVERSITETI

BA Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Yaponshunoslik)

Daraja
Bakalavr
Qabul muddati
01 April 2025 – 30 September 2025
Ta'lim tili
Ingliz tili

Yo'nalish haqida

BA Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Yaponshunoslik) - bu Yaponiya iqtisodiyoti, tili, madaniyati, tarixi va zamonaviy rivojlanish jarayonlarini fanlararo kesimda intellektual sayohat qilish orqali o'rganishdir. Mazkur yo’nalish talabalarning yapon qadriyatlari, an'analari hamda ularning global ko’lamdagi ahamiyatini tushunishga oid bilimlarini boyitish imkonini beradi. Talabalar yapon tili va adabiyoti, san’ati va madaniyatiga oid boy merosni o‘rganishadi, siyosiy va ijtimoiy jarayonlardagi o‘zgarishlarni tahlil qilishadi. Yo'nalish bitiruvchilari Yaponiya bilan bog'liq turli sohalarda madaniyatlararo aloqalarda va kasbiy faoliyatga oid zaruriy bo'lgan asosiy ko'nikmalarni rivojlantiradilar.

 Asosiy fanlar:

- Yapon tilini bilish

- Iqtisodiyot, madaniyat va madaniy o’ziga xoslikni tushunish

- Tarixiy va zamonaviy jarayonlarni baholay olish

- fanlararo tahlil va tadqiqot olib borish ko‘nikmalari

 Bitiruvchilarning asosiy ko’nikmalari:

- Yapon tilini yuqori darajada bilish

- iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va tarixiy o’ziga xosliklarni chuqur tushunish

- Yaponiyadagi ijtimoiy va zamonaviy iqtisodiy muammolardan xabardorlik

- madaniyatlararo muloqot

 Bitiruvchilarning kelajakdagi martaba istiqbollari:

- Iqtisodchi

- Yapon tili mutaxassisi

- Madaniy aloqalar va xalqaro loyihalarni muvofiqlashtirish bo’yicha mutaxassis

- Xalqaro munosabatlar va diplomatiya sohasidagi mutaxassis

- Turizm va mehmondo'stlik sohasi mutaxassisi


Universitetga qabul qilinish talabalari:

Universitetga qabul qilinish talabalari:Kamida IELTS 4.5 / Multilevel B1/TOEFL iBT 32 /DuoLingo 80

Ingliz tili - 1 ball (30 ta test)

IQ – 2 ball (15 ta test)

Matematika – 1,5 ball (20 ta test)


O'qish davomiyligi :

Kunduzgi ta'lim shakli uchun : 4 yil

Talablar

Kirish imtihonlari uchun berilgan fanlardan imtihonda qatnashib o'tish ballarini to'plash talab etiladi

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
Ingliz tili
Kontrakt narxlari:
Kunduzgi 18,000,000 so'm / yillik