Ortga
Buxoro davlat tibbiyot universiteti

Anesteziologiya va reanimatologiya

Daraja
Magistr
Qabul muddati
20 June 2025 – 20 July 2025
Ta'lim tili
O'zbek tili, Ingliz tili, Rus tili

Yo'nalish haqida

 Anesteziologiya — klinik tibbiyot sohasi, jarrohlikda organizmni ogʻriqsizlantirish, operatsiya vaqtida uning muhim hayotiy funksiyalarini boshqarish masalalarini oʻrganadi. Anesteziologiya mustaqil fan sifatida bundan bir necha oʻn yil ilgari shakllandi. Oʻzbekistonda anesteziologiya xizmati bekamu koʻst yoʻlga qoʻyilgan; yirik shifoxonalarda maxsus anesteziologiya boʻlimlari bor. Anesteziologiya kafedralarida anesteziolog mutaxassislar tayyorlanadi va ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.

Reanimatologiya  — organizmni jonlantirish va tasodifiy oʻlimdan saqlab qolish haqidagi fan; tibbiyotning bir boʻlimi.  Reanimatologiya asosan, shikastlanish, operatsiya paytida, shuningdek, klinik amaliyotda nafas aʼzolari, qon aylanishi, endokrin sistema, moddalar almashinuvi va boshqa jarayonlarning buzilishidan yuzaga keladigan ogʻir hollarda organizmning hayotiy muhim funksiyalarini boshqarish va tiklash masalalarini oʻrganadi.

Kunduzgi ta’lim shakli   10 488 590 so’m

Kunnduzgi ta’lim davomiyligi – 2 yil . 

Talablar

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan imtihondan o'tish

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
O'zbek tili, Ingliz tili, Rus tili
Kontrakt narxlari:
Kunduzgi 10,488,590 so'm / yillik