Koʻkalamzorlashtirish — shahar hududida yashil tabiat zonalari yaratish uchun olib boriladigan ishlar majmui. Yashil zonalar xiyobon va bogʻlardan tashkil topadi, mikroiqlimni sogʻlomlashtiradi, shamol tezligini pasaytiradi, chang va toʻzonlarni tutib qoladi, havodagi zararli gaz va tutunlarni yutadi, shahardagi shovqinlarni kamaytiradi va shu kabi foydali tomonlarga ega. Koʻkalamzorlashtirish katta estetik ahamiyatga ega. Poytaxt va yurtimizning boshqa shaharlaridagi istiqomat qilayotgan aholi soni oshib borayotgani, yirik sanoat korxonalari yildan yilga koʻproq ishga tushurilishi, shahar koʻchalarida harakatlanayotgan avtomobillar soni ortib borishi hisobga olinsa, ekologik holatlar alohida eʼtibor va mas’uliyat talab qiladi. Shahar ekologiyasi, aholi salomatligi ham bevosita koʻkalamzorlashtirish bilan bogʻliq. Atrof-muhit musaffoligini taʼminlashda yashil olamning ahamiyati beqiyos. Soʻnggi yillarda shaharni qayta qurish, koʻkalamzorlashtrish va obodonlashtirish ishlari jadal olib borilayotgani sabab nafaqat poytaxtimizda, balki boshqa viloyat markazlarida ham shaharlarni yashil maydonlarga aylantirish ishlari tadbiq etilmoqda.
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Kunduzgi | 7,771,270 so'm / yillik |