Ortga
Toshkent davlat agrar universiteti

Agrotuproqshunoslik va agrofizika (sohalar bo‘yicha)

Daraja
Magistr
Qabul muddati
20 June 2025 – 20 July 2025
Ta'lim tili
O'zbek tili

Yo'nalish haqida

Tuproqshunoslik — tuproq haqidagi fan; uning tarkibi, xossalari, kelib chiqishi, taraqqiyoti, geografik tarqalishi, unumli foydalanish usullari va unumdorligini oshirish yoʻllarini oʻrganadi. Tuproqshunoslik tabiiytarixiy fanlarga mansub boʻlib, tuproqni tabiat mahsuli, mehnat predmete, ishlab chiqarish. vositasi sifatida tadqiq etadi. Tuproqshunoslik iklimshunoslik, geomorfologiya, petrografiya, oʻsimliklar fiziologiyasi kabi boshqa tabiiy fanlar bilan uzviy bogʻliq. Qishloq xoʻjaligida tuproq unumdorligini oshirish, sanoat oʻgʻitlarini qoʻllash, yerning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq, eroziyasiga qarshi kurash va boshqa masalalarni hal qilishda, ayniqsa, katta ahamiyatga ega.

Agrofizika, agronomik fizika — oʻsimliklarning hayot sharoitlarini fizik usullar bilan tadqiq etish va ular hayot faoliyatining fizik jarayonlari haqidagi fan. Agrofizika ekinlarining hosildorligi va tezpisharligini oshirish uchun tashqi muhitning fizik xususiyatlarini oʻrganadi va ularni boshqarish usullarini ishlab chiqadi. Agrofizikaning boʻlimlari: tuproq fizikasi (tuproq havosi fizikasi, tuproq gidrofizikasi, tuproqning qattiq qismi fizikasi, issiqlik va boshqalar); havoning yer atrofi qatlami fizikasi (aerodinamik, radiatsion va boshqa koʻrsatgichlar); oʻsimliklar radiobiologiyasi va yorugʻlik fiziologiyasi, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻsishi va rivojlanishi uchun qulay tabiiy sharoitlar yaratish maqsadida ekinlarga hamda tashqi muhitga faol taʼsir koʻrsatadigan agrofizik usullar, vositalar. Agrofizika fan sifatida 20-asrda shakllangan va hozirgi zamon tabiatshunosligi, ayniqsa, biofizika, shuningdek, mat., elektronika, kibernetika va boshqa fanlarning nazariy yutuqlari negizida rivojlandi, natijada oʻsimliklarning oʻzida va tashqi muhitda sodir boʻladigan 169jarayonlarni miqdoriy baholash imkoniyatlari yaratildi.


Talablar

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan imtihondan o'tish

Qabul kvotasi

Ma'lumot mavjud emas

O'qish davomiyligi

Ma'lumot mavjud emas

Ta'lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili:
O'zbek tili
Kontrakt narxlari:
Kunduzgi 7,771,270 so'm / yillik