Adabiyotshunoslik — badiiy adabiyotni, uning mazmun-mohiyati, oʻziga xos xususiyatlari, paydo boʻlish va rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy funksiyasi, ijodiy jarayon qonuniyatlarini oʻrganadigan fan. U bir-biri bilan uzviy bogʻliq boʻlgan boʻlimni: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy tanqidni oʻz ichiga oladi. Adabiyotshunoslikning ildizi maqol, qoʻshiq, doston singari xalq ogʻzaki ijodi namunalari yuzasidan bildirilgan ilk mulohazalarga borib boglanadi. Mas, Mahmud Koshgʻariyning „Devonu lugʻotit turk“ asaridan joy olgan matallarga, badiiy soʻz unsurlariga ilmiy-tekstologik munosabat, oʻsha davr adabiy janrlari haqidagi fikrlar Adabiyotshunoslik ning olis tarixidagi koʻrinishidir.
Imtihon bloki: Kasbiy (ijodiy) imtihon
Ma'lumot mavjud emas
Ma'lumot mavjud emas
Kunduzgi | 7,771,270 so'm / yillik |